Yangiliklar

.

Navbatdagi yuksak natija — IELTS 7.0

8-sentabr 2026-yil
image

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

 

 

Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ziyoda Masharipova xalqaro IELTS Academic imtihonida 7.0 (C1) darajadagi yuqori natijani qo‘lga kiritdi.

Ziyodaning mazkur natijasi uning xorijiy tilni puxta o‘zlashtirgani, bilim olishga bo‘lgan intilishi va o‘z ustida muntazam ishlab kelayotganining yorqin ifodasidir.

Yosh iqtidor egasi bu natija bilan cheklanib qolmasdan, avvalgi Milliy sertifikat imtihonlarida ham yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, o‘zining bilim va salohiyatini namoyon etib kelmoqda.

Ushbu yuksak natija zamirida Ziyodaga ta’lim berib kelayotgan maktabning fidoyi va mahoratli ustozlari mehnati ham mujassam. Xususan, ingliz tili fani o‘qituvchisi Atajanov Babaxonning o‘quvchi bilan olib borgan samarali ishlari va kasbiy mahorati alohida e’tirofga loyiq.

Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi Ziyodaning erishgan natijasidan faxrlanadi va uning kelgusidagi ta’limiy izlanishlari hamda yangi marralarida ulkan zafarlar tilaydi.

Ziyodani, uning ota-onasi va ustozini ushbu quvonchli natija bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ilmli, bilimli va maqsad sari intiluvchan yoshlar — Yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevori va yorqin kelajagidir.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb