Yangiliklar

.

Xorazmda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati o‘rganilmoqda

6-avgust 2026-yil
image

 

 

Ayni kunlarda Xorazm viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, mobil guruhlar hamda Ilk rivojlanish markazlari faoliyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ishchi guruhi tomonidan kompleks o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar davomida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, rivojlantiruvchi ta’lim muhiti, pedagoglarning kasbiy faoliyati, tarbiyalanuvchilarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda amaldagi talablar ijrosi atroflicha tahlil qilinmoqda.

Shuningdek, tashkilotlarda mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur o‘rganishlar 15-avgustga qadar davom etadi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb