Yangiliklar
Yangiariq tumanida “Jajji nurli yulduzlar” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
3-avgust 2026-yil
Yangiariq tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Jajji nurli yulduzlar” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining iqtidorli va faol tarbiyalanuvchilari o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Tanlov yakuniga ko‘ra, faol ishtirok etgan hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Barcha jajji ishtirokchilarni erishgan yutuqlari bilan muborakbod etib, kelgusi bosqichlarda ulkan zafarlar tilaymiz!