Yangiliklar

.

Qo‘shko‘pir tumanida pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali bo‘lib o‘tdi

17-iyun 2026-yil
image

Festival maktabgacha ta’lim pedagoglarining kasbiy mahoratini oshirish, innovatsion yondashuvlarni ommalashtirish hamda o‘yinga asoslangan ta’lim metodlarini keng joriy etishga xizmat qildi.

 

Qo‘shko‘pir tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida **“O‘yinga asoslangan ta’lim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali”**ning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Festivalda pedagoglar o‘zlarining ilg‘or tajribalari, kreativ yondashuvlari va innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etib, o‘yinga asoslangan ta’limning samarali usullarini namoyish etdilar.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra:
1-o‘rin — 33-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;
2-o‘rin — 11-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;
3-o‘rin — 20-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi.

Festival maktabgacha ta’lim pedagoglarining kasbiy mahoratini oshirish, innovatsion yondashuvlarni ommalashtirish hamda o‘yinga asoslangan ta’lim metodlarini keng joriy etishga xizmat qildi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb