Yangiliklar
1-SINFGA QABUL BOSHLANMOQDA: OTA-ONALAR DIQQATIGA!
15-iyun 2026-yil
#1_sinf_qabuli
2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida Xorazm viloyatida bir qator zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Viloyatimizning Urganch va Xiva shaharlari, shuningdek Gurlan, Yangiariq, Yangibozor, Bog‘ot, Hazorasp, Xonqa hamda Shovot tumanlaridagi maktablar uchun raqamlashtirilgan mikrohududlar belgilash ishlari yakunlanmoqda.
Ota-onalarning murojaatlariga tezkor javob berish maqsadida viloyat, shahar va tumanlarda maxsus shtablar va Call-markazlar tashkil etildi.
Murojaat uchun Call-markaz raqamlari:
Viloyat MMTB – 62 228-11-70
Urganch shahri – 93 431-52-59
Xiva shahri – 91 998-51-15
Bog‘ot tumani – 97 516-03-67
Gurlan tumani – 95 567-70-87
Qo‘shko‘pir tumani – 88 459-01-21
Urganch tumani – 97 203-00-24
Hazorasp tumani – 93 753-61-03
Xiva tumani – 91 279-08-33
Xonqa tumani – 97 360-01-08
Shovot tumani – 91 426-00-11
Yangiariq tumani – 97 525-30-06
Yangibozor tumani – 94 117-83-17
Tuproqqal’a tumani – 99 282-10-86
Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizni 1-sinfga qabul qilish jarayoni bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, yuqoridagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi yo‘lidagi muhim qadam — 1-sinfga qabul jarayonlarida barchangizga muvaffaqiyat tilaymiz!