Yangiliklar
Xorazm yoshlari — innovatsiya va sun’iy intellektda yetakchi!
12-iyun 2026-yil
Kecha viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov faol startapchi yoshlar bilan uchrashib, ularning innovatsion g‘oyalari, istiqbolli loyihalari hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.
Kecha viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov faol startapchi yoshlar bilan uchrashib, ularning innovatsion g‘oyalari, istiqbolli loyihalari hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.
Muloqot davomida startaplarni moliyalashtirish, amaliyotga joriy etish va yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinib, istiqbolli loyihalar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida o‘tkazilgan milliy tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati respublika bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan xorazmlik yoshlar soni 407 nafarni tashkil etdi.
Ular orasida:
149 nafar o‘quvchi — noutbuk;
44 nafar o‘quvchi — planshet;
18 nafar o‘quvchi — aqlli soat;
132 nafar o‘quvchi — ta’lim platformalarida o‘qish uchun sertifikat;
60 nafar o‘quvchi — kitob xaridi uchun vaucherlar bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, 3 nafar oliy ta’lim muassasasi talabasi va 1 nafar o‘qituvchi ham munosib mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
Yoshlarning ilm-fan, texnologiya va sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlari Xorazmning innovatsion rivojlanish sari dadil odimlayotganidan dalolat beradi. Yangi g‘oyalar va ulkan marralar sari olg‘a, yoshlar!