Yangiliklar

.

2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul boshlanadi

11-iyun 2026-yil
image

2026–2027-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 1-sinfiga onlayn qabul jarayonlari 20-iyun kuni soat 09:00 dan start oladi.

 Hurmatli ota-onalar!
2026–2027-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 1-sinfiga onlayn qabul jarayonlari 20-iyun kuni soat 09:00 dan start oladi.

 Qabul jarayonlarini samarali tashkil etish va ota-onalarga amaliy ko‘mak berish maqsadida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda barcha tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari huzurida maxsus shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Farzandingizni 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha elektron xizmatlardan foydalaning. Zarurat tug‘ilganda mutaxassislardan maslahat va amaliy yordam olishingiz mumkin.

 Savollar yuzasidan murojaat uchun:
(62) 228-11-70

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb