Yangiliklar
Xorijiy mutaxassislar faoliyati yuzasidan hisobot tinglandi
9-iyun 2026-yil
Хorijiy mutaxassislarning 2025–2026-o‘quv yilidagi faoliyati muhokama qilindi.
Yuksalish” harakati Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablariga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning 2025–2026-o‘quv yilidagi faoliyati muhokama qilindi.
Unda boshqarmaning Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish sho‘basi boshlig‘i G. Nazarovaning hisoboti tinglanib, viloyat ta’lim muassasalarida faoliyat yuritgan 72 nafar xorijiy mutaxassisning ishlari tahlil qilindi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi hamda kelgusida xorijiy mutaxassislar uchun yanada qulay sharoit yaratish va ularning faoliyatini muntazam monitoring qilib borish yuzasidan takliflar bildirildi.