Yangiliklar
Urganch shahrida “Yilning eng faol maxsus pedagogi” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
8-may 2026-yil
#Yilning_eng_faol_maxsus_pedagogi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflarida faoliyat olib borayotgan maxsus pedagoglar o‘rtasida “Yilning eng faol maxsus pedagogi” tanlovining shahar bosqichi tashkil etildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar:
Amaliy ochiq korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulot
“Mening pedagogik faoliyatim” mavzusidagi taqdimot
Kasbiy bilim va kompetensiyalar bo‘yicha savol-javob shartlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Tanlov pedagoglarning kasbiy salohiyati, innovatsion yondashuvi hamda inklyuziv ta’limdagi tajribalarini ommalashtirishga xizmat qildi.
Tanlovda ishtirok etgan barcha pedagoglarga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!