Yangiliklar

.

XORAZMDA “YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI – 2026” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA

6-may 2026-yil
image

#Yil_tarbiyachisi

 

 

 Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2026” respublika tanlovining Xorazm viloyat bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

 Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 90 nafardan ortiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari hamda tarbiyachilar ishtirok etmoqda.

 Bugun tanlovning navbatdagi bosqichida ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyon etishmoqda.

 Tanlov 3 ta shart asosida tashkil etilgan bo‘lib, sinovlar bosqichma-bosqich davom etadi.

 Mazkur tanlov maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda eng munosib mutaxassislarni aniqlashga xizmat qiladi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb