Yangiliklar
Xorazm viloyatida “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichiga start berildi!
4-may 2026-yil
Mazkur tadbir viloyat Madaniyat markazida tashkil etilib, unda tuman va shahar bosqichlarida saralangan 13 ta eng munosib jamoa o‘z iste’dodini namoyish etadi.
Mazkur tadbir viloyat Madaniyat markazida tashkil etilib, unda tuman va shahar bosqichlarida saralangan 13 ta eng munosib jamoa o‘z iste’dodini namoyish etadi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining musiqa madaniyati ta’limini rivojlantirishga qaratilgan qarori ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda. Ushbu loyiha yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni milliy va zamonaviy san’atga keng jalb etish hamda iste’dodli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Iqtidorli yoshlar — kelajak bunyodkorlari!