Yangiliklar
Yangibozor tumani 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yoshlar haftaligi” dasturi doirasida “Iqtidorli yoshlar” festivali bo‘lib o‘tdi
10-aprel 2026-yil
#FESTIVAL
Yangibozor tumani 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yoshlar haftaligi” dasturi doirasida “Iqtidorli yoshlar” festivali bo‘lib o‘tdi.
Festival davomida maktabda faoliyat yuritayotgan “Iqtidor” maktab ansambli hamda rassomchilik, kitobxonlik, teatr, sport va kasbga o‘qitish to‘garaklari a’zolari o‘z bilim va ko‘nikmalarini, ijodiy ishlari hamda betakror iqtidorlarini namoyish etdilar.
Mazkur tadbir yoshlarning qobiliyatini yuzaga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash va kelgusida yanada katta marralarni zabt etishlariga xizmat qiladi.