Yangiliklar

.

Xorazm viloyatida  sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar keng ko‘lamda tashkil etilmoqda

8-aprel 2026-yil
image

Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan turli madaniy va sport chiqishlari namoyish etildi. 

Jumladan, Urganch shahridagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili, Respublika ishchi guruhining a’zosi Abdirauf Abdug‘aniyev ishtirok etdi.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan turli madaniy va sport chiqishlari namoyish etildi. 

Xususan, maktabning “Turon” teatri jamoasi sahna ko‘rinishlari bilan, “Iqtidor” maktab ansambli esa jonli ijrolari bilan tadbirga alohida ruh va fayz bag‘ishladi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar viloyatdagi barcha umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida izchil davom ettirilmoqda.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb