Yangiliklar
SHOVOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT O‘QUVCHILARI SANOAT KORXONASIDA
12-mart 2026-yil
Ma’lumot uchun: Shovot tumanidagi Textile Finance Khorezm korxonasi ip yigirish va uni qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.
Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o‘quvchilari Shovot tumanidagi Textile Finance Khorezm MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida korxonaga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida o‘quvchilar korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari bosqichlari, mahsulotlarni qadoqlash ishlari hamda tayyor mahsulotlarni eksport qilish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Shuningdek, o‘quvchilar korxonada amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.
Ma’lumot uchun: Shovot tumanidagi Textile Finance Khorezm korxonasi ip yigirish va uni qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.