Yangiliklar

.

Yangibozorda “Jajji iqtidorlar” festivali bo‘lib o‘tdi!

6-mart 2026-yil
image

 Festivalning asosiy maqsadi — bolalarning qiziqish va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbga bo‘lgan ilk tasavvurlarni shakllantirish hamda ijodiy faolligini oshirishdir.

 5-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan festivalda bolajonlar turli kasblarni o‘rganib, o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etdilar 

Ayniqsa, “Turon kichkintoylari” jamoasining sahnalashtirilgan “Zumrad va Qimmat” ertagi tomoshabinlarga katta zavq bag‘ishladi.

 Musiqiy chiqishlar esa barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

 Festivalning asosiy maqsadi — bolalarning qiziqish va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbga bo‘lgan ilk tasavvurlarni shakllantirish hamda ijodiy faolligini oshirishdir.

 Tadbirga tuman bo‘limi metodistlari va MTT direktorlarining tashrifi, jajji iste’dod egalarining chiqishlarini yuqori baholash bilan yakunlandi.

 

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb