Yangiliklar
“Teatr – ibratxonadir”: Xorazmda viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
27-fevral 2026-yil
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining “Turon” maktab teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostidagi teatr tanlovining Xorazm viloyati bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov yosh avlod qalbida san’atga muhabbatni kuchaytirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, sahna madaniyati va ijodiy tafakkurni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bellashuvlar davomida o‘quvchilar o‘zlarining aktyorlik mahorati, sahna nutqi, obraz yaratish qobiliyati hamda jamoaviy ijodiy ishlanmalarini namoyon etdilar. Har bir chiqish tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Tanlovning viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
San’at — tarbiya va ma’naviyat maskani!