Yangiliklar
Yangibozor tumani 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “O‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi
26-fevral 2026-yil
#Seminar
Tadbir davomida tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar bilan kayfiyatni ko‘taruvchi hamda xotirani mustahkamlovchi trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Psixologlarning kasbiy salohiyatini oshirish, o‘zaro tajriba almashish va yangi yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish seminarning asosiy maqsadi bo‘ldi.
Seminar ishtirokchilar uchun mazmunli va foydali bo‘lib, ularning kelgusi faoliyatida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.