Yangiliklar

.

Yoshlar ijodi — korrupsiyaga qarshi qadam

5-fevral 2026-yil
image

Mazkur tanlovda “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi bo‘yicha 10–15 yosh toifasida II o‘rinni Urganch shahridagi 3-maktab o‘quvchisi Shoxjahon Abdullayev  egalladi.

 

Bugun Urganch shahridagi 3-umumta’lim maktabida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” xalqaro tanlovi g‘olibini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi bo‘yicha 10–15 yosh toifasida II o‘rinni Urganch shahridagi 3-maktab o‘quvchisi Shoxjahon Abdullayev  egalladi.

G‘olib kumush medal (“BEST POSTER”), USB-xotira, esdalik sovg‘alari va tanlov ramzi tushirilgan statuetka bilan taqdirlandi.

Mukofotlar Xorazm viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi kotibi Ulug‘bek Kuryazov hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat bo'yicha bosh mutasassis Alisher Xasanov  tomonidan topshirildi.

 G‘olibni tabriklaymiz va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb