Yangiliklar
Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam
19-dekabr 2025-yil
Mazkur memorandum maktabgacha taʼlim sohalarida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Zhejiang provinsiyasining Anji tuman taʼlim boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum maktabgacha taʼlim sohalarida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Hamkorlik doirasida o‘quv-seminarlar, tajriba almashish dasturlari, qo‘shma loyihalar va malaka oshirish tashriflarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Ushbu memorandum Xorazm viloyati maktabgacha ta’lim tizimini xalqaro darajada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.