Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Muhammad Shabib tomonidan PPP (Presentation, Practice, Production) dars rejasi bo‘yicha mahorat darsi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

9-dekabr 2025-yil
image

Mazkur master-klass o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

2025-yil 5-dekabr kuni Xiva tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida  MoPSE loyihasi doirasida Hindistondan kelgan ingliz tili o‘qituvchisi Muhammad Shabib tomonidan PPP (Presentation, Practice, Production) dars rejasi bo‘yicha mahorat darsi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tadbir davomida pedagoglar ingliz tili fanidan tushunarli, sodda va samarali darslarni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari, shuningdek, PPP modeli asosida o‘quvchilar bilan interaktiv ishlash bo‘yicha qimmatli tajriba va amaliy maslahatlarni oldilar.

Mazkur master-klass o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb