Yangiliklar
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kundir
8-dekabr 2025-yil
Aziz yurtdoshlar!
Qadrli ustozlar!
Aziz yurtdoshlar!
Qadrli ustozlar!
Bugun 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kundir.
Konstitutsiyamiz — davlatimiz barqarorligi, jamiyat rivoji va fuqarolar huquqlarining ishonchli kafolati hisoblanadi. U yurtimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy huquqiy hujjat sifatida barcha sohalar, jumladan ta’lim tizimidagi keng qamrovli islohotlarni izchil amalga oshirishda muhim tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda bolalarning sifatli ta’lim olishi, ular uchun teng imkoniyatlar yaratilishi va pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biridir. Bu jarayonda ustoz va murabbiylarimizning fidoyiligi, mehnati va mas’uliyati jamiyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shmoqda.
Sizga salomatlik, ish faoliyatingizda rivoj va yangi yutuqlar tilayman. Ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi hamjihatlik va hamkorligimiz yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shaversin!
E'zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#Konstitutsiyamiz_33_yoshda
E’zoza Karimova (https://t.me/Ezozagafurjanovna)