Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xorazmlik o‘quvchi “Xalqaro volontyorlar festivali – 2025”da munosib ishtirok etdi

3-dekabr 2025-yil
image

“Xalqaro volontyorlar festivali – 2025”

 

27–30-noyabr kunlari o‘tkazilgan “Xalqaro volontyorlar festivali – 2025” mamlakatimizning turli hududlaridan 100 dan ortiq faol yoshlarni birlashtirdi. Festival davomida volontyorlar mahorat darslari, turli yo‘nalishlardagi treninglar, xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuvlar hamda ijtimoiy loyihalar bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Quvonarli jihati shundaki, ushbu yirik xalqaro anjumanda Xorazm viloyati Gurlan tumani 44-son maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sarvinoz Shermatova  viloyatimiz nomidan munosib ishtirok etdi. U yoshlar faoliyati, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy yordam va ta’lim yo‘nalishidagi o‘zining tashabbus va loyihalarini taqdim etdi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb