Yangiliklar
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING III (VILOYAT) BOSQICHI DAVOM ETMOQDA
2-dekabr 2025-yil
Bugun 10-sinf o‘quvchilari 10 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha bellashmoqda.
Joriy bosqichda 404 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda. Ular ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili, qozog‘ tili, rus tili, tarix, davlat va huquq asoslari hamda geografiya fanlaridan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Musobaqa yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishi va tayyorgarligi alohida e’tiborga loyiq.
Viloyat bosqichi jarayonlarini quyidagi havola yordamida jonli tarzda kuzatishingiz mumkin
https://www.youtube.com/live/NMLY8iG6zXI?si=dpRlHFBM9XtN_TAM
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!