Yangiliklar
Xorazm viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida “Yo‘l harakati qoidalari” mavzusida kelajak soatlari namunali tarzda tashkil etildi
3-noyabr 2025-yil
#Kelajak_soati
#Maktabgacha_taʼlim
Mashg‘ulotlarda bolajonlarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, svetofor belgilari, piyodalar yo‘lagi va xavfsiz harakatlanish madaniyati haqida qiziqarli tarzda tushuntirildi.
Ayrim tashkilotlarda Ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirok etib, bolalar bilan jonli muloqotda bo‘lishdi.
Viloyatdagi 243 ta maktabgacha taʼlim tashkilotiga tarqatilgan “Yo‘l harakati xavfsizligi gilamchalari”dan mashg‘ulotlarda samarali foydalanilmoqda.