Yangiliklar
Xorazmda “MUVOZANAT” – Pedagoglarni psixologik qo‘llab-quvvatlash treninglari boshlandi
30-oktabr 2025-yil
#Ayni_paytda
#Maktabgacha_taʼlim
Urganch davlat universitetida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun mo‘ljallangan ikki kunlik “Muvozanat” treningi o‘z ishini boshladi
Ikki kunlik dastur doirasida;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining emotsional salomatligini tiklash,
Professional va hissiy charchashning oldini olish,
Jamoada ekologik va do‘stona muhit yaratish,
Pedagoglarni amaliy texnikalar, o‘z-o‘zini boshqarish va emotsional qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalariga o‘rgatish,
Emotsional intellekt va professional motivatsiyani rivojlantirish,
Ta’lim muhitida emotsional va jismoniy zo‘ravonlik holatlarining oldini olish
kabi psixologik metodlarni o‘zlashtirib, amaliy mashqlar bajaradilar.
Maqsad - tarbiyachilarga ichki muvozanatni saqlash, professional salomatlikni mustahkamlash hamda bolalar uchun emotsional farovon muhit yaratishda yordam berishdan iboratdir.