Yangiliklar
UMUMMILLIY DIKTANT LOYIHASI
24-oktabr 2025-yil
Ona tilimizga ehtirom — milliy g‘ururimiz ifodasi!
2025-yil 24-oktabr kuni Xorazm viloyati Gurlan tumani 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 308-son qarori ijrosi doirasida Umummilliy diktant marafoni o‘tkazildi.
Diktant marafonida maktab rahbarlari va o‘quvchilar faol ishtirok etishdi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, g‘olib o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va badiiy adabiyotlar to‘plami bilan taqdirlandi.
Ona tilimizga ehtirom — milliy g‘ururimiz ifodasi!