Yangiliklar
Xorazmda “Jadidlar izidan” tanlovining tuman (shahar) bosqichi boshlandi
17-oktabr 2025-yil
#Ayni_paytda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichlari bugun, 17-oktabr kuni boshlandi.
Tanlovda 6–10-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, jadidlar hayoti va faoliyati haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Tanlov Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlaridagi belgilangan maktablarda o‘tkazilmoqda.
Eng yuqori natija ko‘rsatgan 14 nafar o‘quvchi Respublika bosqichida g‘olib bo‘lib, xorijiy ta’lim sayohatiga yuboriladi.
Fotolavhalarda Xiva shahridagi 21-maktabda o‘tkazilayotgan bosqich aks etgan.