Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“El-yurt umidi” — motivatsiya, stipendiya va imkoniyatlar 

10-oktabr 2025-yil
image

Bugun, 10-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “El-yurt umidi” jamg‘armasi mas‘ul vakillari bilan talaba va o‘quvchilarning ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Axborot-resurs markazining katta majlislar zalida tashkil etildi. 

 

Tadbirda Xorazm viloyati hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Urganch davlat universiteti rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Xorazm viloyati filiali, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi,  jamg‘arma stipendiatlari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, tayanch doktorantlar (PhD), magistrlar hamda viloyatimizdagi maktablarning iqtidorli o‘quvchilardan 600 nafari markaziy studiyadan ishtirok qilgan bo'lsa, tuman va shahar studiyalaridan 3500 nafardan ziyodi ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat hokimi o'rinbosari S.Salayev ochib berdi va yoshlar uchun bu kabi tashabbuslarning dolzarbligini ta’kidladi. Shuningdek, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Bektеmirov so'zga chiqib, yoshlarga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar haqida so’z yuritdi.

Shundan so‘ng, “El-yurt umidi” jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i G‘.Xatamov, jamg‘armaning bosh inspektorlari M.Fayziyev va Q.Bektemirovlar jamg‘arma faoliyati, mavjud dasturlar, tanlovlar, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va hujjat topshirish tartibi, xorijdan qaytgan mutaxassislar uchun yaratilgan sharoitlar, malaka oshirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Jamg‘armasining xorijda o‘qish, malaka oshirish va ilmiy faoliyat olib borish uchun taqdim etayotgan stipendiya dasturlari va ularning keng qamrovi haqida ham batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb