Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

BMT Taraqqiyot dasturining yoshlar iqlim harakati loyihasi Orolbo‘yi hududlarida boshlandi

19-sentabr 2025-yil
image

#BMTTD #IqlimHarakati #Orolbo‘yi

 

Bugun barqaror rivojlanish maqsadlari va milliy majburiyatlar doirasida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish hamda uning salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida “O‘zbekistonda iqlim ta’limi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini kuchaytirish va rivojlantirish” qo‘shma loyihasi ishga tushirildi.

 Tadbir Urganch shahridagi 1-son maktab-internati binosida bo‘lib o‘tdi va unda 150 nafardan ziyod o‘quvchilar ishtirok etdilar.

 Loyiha BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi hamda Qatar davlatining “Ta’lim hamma narsadan ustun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb