Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“O‘quvchilarni psixologik qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etishdagi ustuvor vazifalar” mavzusida seminar o‘tkazildi.

12-sentabr 2025-yil
image

#hududlarda_oʻquv_seminar

 

2025-yil 12-sentabr kuni Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan Xorazm viloyatida “O‘quvchilarni psixologik qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etishdagi ustuvor vazifalar” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarni oʻtkazishdan asosiy maqsad — o‘quvchilarning psixologik farovonligini ta’minlash, ularni ruhiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlab chiqilgan namunaviy ish rejani amaliyotga joriy etish, shuningdek, o‘quvchilarning psixologik holatini tizimli monitoring qilishni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan psixologik xizmat sifatini oshirish bo‘yicha bildirilgan savollarga Markaz mutaxassislari batafsil javob berishdi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb