Yangiliklar
Xorazm viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda!
10-sentabr 2025-yil
#faoliyat
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanish ularning bilim samaradorliklarini oshishiga, dunyoqarashlari kengayishiga, kelajak uchun aniq maqsad qo‘yishlarida muhim omil hisoblanadi.
Bugungi kunda Xorazm viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktablarida jami 7 yo‘nalish 79 nomdagi toʻgaraklar tashkil etilib, bu toʻgaraklarda 22675 nafar toʻgarak a’zolari shugʻullanib kelmoqdalar.
Xususan:
“Madaniyat va san’at” yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Milliy kashtachilik);
“Тurizm va ekologiya” yo‘nalishi (Landshaft);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili) yo‘nalishlari o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Ilmga oshno yoshlar bilan kelajak yanada porloq bo‘ladi!