Yangiliklar
Xorazmda O’qituvchilar olimpiadasining hududiy bosqichiga start berildi
8-sentabr 2025-yil
#Ayni_paytda
Bugun informatika va axborot texnologiyalari fanidan bo‘lib o‘tayotgan sinovlarda 65 nafar fan o‘qituvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.
Olimpiada ikki turda o‘tkazilmoqda:
1-tur: Test topshiriqlari – soat 10:00 dan 12:30 gacha,
2-tur: Dasturlash – soat 13:30 dan 17:30 gacha.
Olimpiada jarayoni quyidagicha tashkil etilgan:
informatika fanidan 40 ta test savoli va dasturlash bo‘yicha 5 ta masala beriladi,
test topshiriqlarini bajarish uchun 2 soat 30 daqiqa, dasturlash uchun esa 4 soat vaqt ajratiladi,
yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir fan kesimida 5 nafardan g‘olib aniqlanib, Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Muhim jihat shundaki, joriy yilda barcha fanlar bo‘yicha test sinovlari ilk marotaba to‘liq kompyuter texnologiyalari orqali o‘tkazilmoqda.
Olimpiada Xorazm viloyati Urganch shahridagi 17-maktabda bo‘lib o‘tmoqda.