Yangiliklar
Gurlan tumanidagi 26-, 27- va 28-son umumta’lim maktablarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi
28-iyul 2025-yil
#Dolzarb_90_kun
Gurlan tumanidagi 26-, 27- va 28-son umumta’lim maktablarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqiy va ma’naviy bilimini oshirish hamda ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan amaliy tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida yoshlar bilan "Ibratli filmlar", "Tariximizga sayohat", "Yoshlar va huquq", "Yosh shoir va shoira" kabi ma’rifiy suhbatlar, turli sport musobaqalari tashkil qilindi. Bu kabi tashabbuslar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirиш, ularni vatanparvarlik va faollikka yo‘naltirishga xizmat qilmoqda.