Yangiliklar
“Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovi – viloyat bosqichi yakunlandi
11-iyul 2025-yil
“Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
2025-yil 11-iyul kuni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
“O‘g‘il bola” tarbiyalanuvchilari yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – Shovot tumani 8-son DMTT tarbiyalanuvchisi Shomurodov Shaxzod Ortiqboy o‘g‘li
2-o‘rin – Xiva tumani 5-son DMTT tarbiyalanuvchisi Farxodov Ollabergan Jayxunbek o‘g‘li
3-o‘rin – Gurlan tumani 7-son DMTT tarbiyalanuvchisi Yangiboyev Shaxrom Sherzod o‘g‘li
“Qiz bola” tarbiyalanuvchilari yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – Shovot tumani 22-son DMTT tarbiyalanuvchisi Azimboyeva Malika Abdullajon qizi
2-o‘rin – Yangibozor tumani 26-son DMTT tarbiyalanuvchisi Ikromova Ezoza Jaxongir qizi
3-o‘rin – Bog‘ot tumani 15-son DMTT tarbiyalanuvchisi Odilbekova Moxina Javoxir qizi
G‘olib va sovrindorlarga viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.