Yangiliklar
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida malaka oshirish kurslari davom etmoqda
1-iyul 2025-yil
Bugun, 1-iyul kuni ushbu bosqichning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimi pedagoglari uchun tashkil etilgan 18 soatlik qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining 2-bosqichi qizg‘in davom etmoqda.
Bugun, 1-iyul kuni ushbu bosqichning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi asosida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida markazning tajribali va malakali mutaxassislari tomonidan mahorat darslari o‘tkazilmoqda.
O‘qituvchilar zamonaviy yondashuvlar, innovatsion metodlar va amaliy ko‘nikmalar bilan boyitilmoqda. Bu esa ularning kasbiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.