Yangiliklar
Taʼlim tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash davom etmoqda
25-iyun 2025-yil
So‘rovnomada hozirgacha 6644 nafar fuqaro ishtirok etdi.
2025-yil may oyida tasdiqlangan “Xorazm viloyatida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi ta’lim muassasalari o‘rtasida keng ko‘lamli ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.
So‘rovnomada hozirgacha 6644 nafar fuqaro ishtirok etdi. Quyidagi muhim raqamlar e’tiborga molik:
Sizga nisbatan adolatsiz munosabat yoki bosim bo‘lganmi?
“Yo‘q” — 90.4%
“Ha” — 2.2%
“Ba’zan” — 4.7%
Sizdan turli bahonalar bilan pul yig‘ilganmi yoki korrupsiya holatiga duch kelgansizmi?
“Yo‘q” — 90.1%
“Ha” — 2.5%
“Ba’zan” — 4.7%
Remont uchun majburiy pul yig‘ish holatlari mavjudmi?
“Yo‘q, yig‘ilmayapti” — 67.8%
“Ixtiyoriy homiylik” — 26.8%
“Majburiy yig‘ilmoqda” — 2.7%
Xiva shahri, Hazorasp, Tuproqqal’a, Bog‘ot va Yangibozor tumanlari bo‘yicha natijalar viloyat prokuraturasi ishtirokida muhokama qilinib, zarur choralar belgilab olindi.