Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNI YANADA KUCHAYTIRAMIZ

20-may 2025-yil
image

Alisher XASANOV, Xorazm viloyati  maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining  korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat sho‘basi bosh mutaxassisi   

 

 

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash barcha jabhalarda eng muhim masalaga aylangan. Bu illatni ildizi bilan yo‘qotishga davlat miqyosida katta e’tibor qaratilmoqda. Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  bo‘yicha  milliy  kengashning  2025-yil 5-mart kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan berilgan topshiriqlarda ham bu kurash nihoyatda muhimligi yaqqol aks etdi.

 Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil
30- apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligini o‘tkazish haqida”gi 143-sonli buyrug‘i chiqarildi. Natijada boshqa viloyatlar qatori Xorazm viloyati maktabgacha va  maktab  ta’limi boshqarmasi tizimi xodimlarida ham korrupsiyaga  nisbatan murosasiz  munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada  oshirish,  korrupsiyaga  qarshi  profilaktika  chora-tadbirlarni tashkil etishga astoydil kirishildi.

Shu asnoda 2025-yil 1-maydan 1iyunga qadar korrupsiyaga  qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, korrupsiyaviy xatti-harakatlarni  o‘z  vaqtida  aniqlash,  ularga  barham berish, oqibatlari,  keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni  bartaraf etishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” e’lon qilindi.

“Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  oyligi” doirasida  bir qator tadbirlar o‘tkazish belgilangan. Hozirgi kunda ushbu tadbirlar qizg‘inlik bilan amalga oshirilmoqda. Jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha xabar berish mumkin bo‘lgan  aloqa  kanallari  ommaviy  axborot  vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilinmoqda. Xodimlar bilan profilaktik suhbatlar, o‘quv mashg‘ulotlari, treninglar, yig‘ilishlar o‘tkazayapmiz.

         Maktabgacha ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilariga korrupsiya tushunchasi yoshiga mos tarzda, didaktik vositlar bilan tushuntirilmoqda, Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunliklari tashkil etilmoqda. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerrak, “Sinf  soat”lari  doirasida  “Halollik qadriyatlari”,  “To‘g‘rilik,  mehnatsevarlik  xotirjam  hayot  asosi”, “Korrupsiya – davlatni  yemiruvchi,  insonni  tubanlashtiruvchi  illat” mavzularida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish umumiy kurashimiz samaradorligini oshiradi. 

          Ta’lim  muassasalari  hamda tashkilotlarida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovini tashkil etilishi yoshlarimizning korrutsiyaga qarshi imunitetini kuchaytirish vositasidir. Shuningdek, “Halollik” to‘garaklari, ta’lim  muassasalarining  ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida “Stop korrupsiya xeshtegi” chellenjini o‘tkazish kutilgan samarani berishi shubhasiz.  Ota-onalar o‘rtasida  so‘rovnoma o‘tkazilib, ular ham korrupsiyaga qarshi kurashga jalb qilinmoqda.

         “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida belgilangan vazifalar faqat bir oygagina mo‘ljallanganday tuyuladi. Aslida esa ular har doim qiladigan ishlarimizning asosini tashkil qiladi. Masalan, korrupsiyaga  qarshi  kurashishga  oid qonunchilik hujjatlarini targ‘ib etish doimo zarur. Ularni ta’lim xodimlarining barchasi bilishi va o‘quvchi yoshlar ham keragicha xabardor bo‘lishi davr talabidir.

         Sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar xodimlar ishtirokida tanqidiy muhokama qilinishi korrupsiya xavf-xatarlarini minimallashtirishga zamin yaratmoqda. Xususan, 2023-2024-yillarda Xorazm viloyati ta’lim tizimida sodir qilingan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar misolida tanqidiy muhokama qilinayotgani ta’lim xodimlarini korupsiyaga qarish hushyorlikka chorlamoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish aks etgan  elektron bukletlar va flayerlar tarqatmoqdamiz. Maxsus banner, afisha va plakatlar o‘rnatilmoqda.

         Ammo, shuni alohida ta’kidlash lozimki, qilgan ishlarimizdan ko‘ra qiladigan ishlarimiz ko‘p. Korrupsiyaga qarshi kurash faqat yuqoridangina amalga oshirilsa, kutilgan natijani bermaydi. Barchamiz birlashib, korrupsiya eng yomon illat ekanligini his qilib, birgalikda harakat qilishimiz kerak.

 

Korrupsion hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlari yuz bersa, ular haqida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida tashkil etilgan quyidagi aloqa kanallariga xabar berishingiz mumkin:

        

1.Ishonch telefoni raqami: (62)228-11-51; 228-11-70

2.Rasmiy saytdagi sahifa: https://khorezm.uzedu.uz

3.Elektron pochta manzili: xorazm-vxtb@exat.uz

4.Telegram bot: @Xorazm_MMTBbot

5.Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoq sahifasi: facebook.com/xorazmvmmtb

6.Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCYF1F0sTA6HGNo1pRjKWt8A

7.Instagram: https://www.instagram.com/xorazm_vxtb

 

Alisher XASANOV, Xorazm viloyati  maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining  korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat sho‘basi bosh mutaxassisi   

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb