Yangiliklar
Xorazmda "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining mintaqaviy bochqichiga start berildi
19-may 2025-yil
#live
Xabaringiz bor, bugundan Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan respublikamiz boʻylab tashkil etilayotgan "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining mintaqaviy bochqichlari barcha hududlarda start olmoqda.
Shu jumladan, Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi sport majmuasida ham mazkur nufuzli musobaqalarning mintaqaviy bochqichlari start oldi.
Musobaqalarning ochilish marosimida Oʻzbekiston respublikasi milliy olimpiya qo'mitasi Xorazm viloyati bo'limi boshlig'i U.Jumagaldiyev, viloyat sport boshqarmasi boshlig'i N.Djumaniyazova, Gurlan tumani hokimi R.O'razbayevlar ishtirok etishdi.
Bugun mazkur musobaqalar ilk marotaba Gurlan tumanida sportning Taekwondo WT va Boks turlari boʻyicha tashkil etilmoqda.