Yangiliklar
Xorazm viloyatida vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkazilayotgan tanlovning ikkinchi bosqichiga start berildi.
7-may 2025-yil
#Vazir_jamgʼarmasi
Tadbir Urganch tumanidagi 29-sonli maktab binosida o‘tkazilmoqda.
Unda dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 58 nafar da’vogar pedagoglar ishtirok etishlari rejalashtirilgan.
Mazkur ikki kun davom etadigan bosqichda nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkazilib, natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida oylik ustama to‘lanadi.