Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BOG'OT TUMANIDA TASHKIL QILINMOQDA 

6-may 2025-yil
image

DIQQAT, E'LON! 

 

 
Xabaringiz bor, fuqarolar hamda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining tizimga doir murojaat, taklif va shikoyatlarini qabul qilish hamda joyida o‘rganib, bartaraf etish maqsadida joylarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari bo’lib o’tmoqda. 
 
Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 7-may kuni Bog'ot tumanidagi 1-son umumiy o'rta ta'lim maktabida soat 11:00 da boshlanadi.

Soha bo‘yicha murojaat qilish istagida bo‘lgan barcha fuqarolarni Sayyor qabulga taklif qilamiz.

Manzil: Bog‘ot tumani Oq tepa mahallasi Sohil bo‘yi 1-yo‘lak, 1-uy

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb