Yangiliklar
"YOSHLAR HAFTALIGI" DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
1-may 2025-yil
#Yoshlar_haftaligi
Yangiariq tumandagi 22-son maktabda tashkil etilgan intellektual o‘yinda barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, yoshlar erishayotgan natijalarni targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
"Zakovat" intellektual o‘yinida g‘olib bo‘lgan bilimdon yoshlar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.