Yangiliklar
“Jadidlar izidan” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi Boboxonov Akbar bilan OVOZLI CHAT!
28-aprel 2025-yil
#Jadidlar_izidan
Sana: 4-may, Yakshanba
Vaqt: 20:30
Sizni “Jadidlar izidan” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi Boboxonov Akbar bilan o‘tkaziladigan ovozli chatda ishtirok etishga taklif qilamiz. Bu chatda quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz:
1. “Jadidlar izidan” tanloviga qanday tayyorgarlik ko‘riladi?
2. Qaysi adabiyotlar ustida ko‘proq ishlash zarur?
3. Tanlovdagi shartlar va bosqichlar qay tarzda o‘tkaziladi?
Ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Bizni kuzatib, savollarni berish va muhokamalarga qo‘shilishga chaqiramiz.
Ovozli chat @jadidlarizidanuz telegram kanali orqali o‘tkaziladi!