Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"SHAXMAT FESTIVALI" MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI G'OLIBLARI ANIQLANDI

23-aprel 2025-yil
image

“Shaxmat festivali”

 

Bugun Urganch shahridagi Yoshlik sport majmuasida maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi iqtidorli tarbiyalanuvchilarni aniqlash, rivojlantirish, sportga boʻlgan qiziqishini shakllantirish maqsadida “Shaxmat festivali” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra faxrli I o'rinni o'gil bolalar oʻrtasida Urganch shahar 30-son DMTT tarbiyalanuvchisi Abdulaziz Xasanov , qiz bolalar oʻrtasida  Gurlan tumani 2-son DMTT tarbiyalanuvchisi Kumushoy Boltabayevalar egallab, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdilar.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb