Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Hazorasp tumanidagi  25-sonli umumta'lim maktabida kasbiy ta’limni o‘qitish va kelgusida rivojlantirishga doir amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

22-aprel 2025-yil
image

 Seminar o‘zaro tajriba almashuv ruhida samarali o‘tkazildi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja grafikka asosan bugun Hazorasp tumanidagi  25-sonli umumta'lim maktabida kasbiy ta’limni o‘qitish va kelgusida rivojlantirishga doir amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 

Seminarda viloyatdagi  kasbiy ta’lim joriy qilingan 13 ta maktab direktorlari, psixologlari va kasbiy ta’lim ustalari ishtirok qildilar. 

Ishtirokchilar o’quvchilar tomonidan tayyorlangan qo’l ishlari bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilarning kasbiy ta’lim yuzasidan egallagan bilim va ko‘nikmalari ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi. 

 Seminar o‘zaro tajriba almashuv ruhida samarali o‘tkazildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb