Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ

25-mart 2025-yil
image

Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida tashkilot xodimlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshimiz" mavzuida ochiq muloqot tashkillandi

Bugungi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan Korrupsiya azaldan jamiyat va davlat ravnaqiga to‘sqinlik qilib kelayotgan eng jirkanch omillardan biridir. Taʼkidlab o‘tish joizki, bu zararli illat insonlarning katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishdan qa’tiy nazar barcha davlatlarda uchraydi.

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab, davlatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatni qurishning umum strategiyasini amalga oshirish doirasida, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish boyicha chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda mazkur illatga qarshi kurash bo‘yicha mamlakatimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan joylarda qonun buzilish va korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilib kelinmoda.

Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida tashkilot xodimlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshimiz" mavzuida ochiq muloqot tashkillandi.

Unda Xorazm viloyati  maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i Xamro Bektemirov, boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat sho‘basi bosh mutaxassisi    Alisher Xasanov, boshqarma bo‘lim boshliqlari, boshqarma xodimlari ishtirok qilib, tadbir davomida tizimda korrupsinyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek tadbir davomida Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan ishtirokchilarning fikrlari tinglandi.

 

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb