Yangiliklar
“Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kuni” munosabati bilan tadbir o'tkazildi
28-mart 2025-yil
30-mart kuni “Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kuni”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan muhim sanalar bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar kalendar rejasi 9-bandiga muvofiq 30-mart kuni “Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kuni” keng nishonlanishi belgilangan.
Shu maqsadda, viloyatimizdagi barcha ta'lim tashkilotlarida tadbir bo'lib o'tdi.