Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"Harbiy prokuror kubogi" o‘kazildi

26-mart 2025-yil
image

Mazkur musobaqada, o‘g‘il bollar sportning "Mini futbol" va "Stol tennisi",  o‘quvchi qizlar esa "Voleybol" turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. 

 

Urgan harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Xorazm viloyatining chekka olis hududi ya’ni Tuproqqal’a tumanidagi 5,11,12,13,14,15 va 16-sonli maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportning "Mini futbol","Voleybol" hamda "Stol tennisi" turlari bo‘yicha "Harbiy prokuror kubogi" musobaqasi tashkil qilindi. 

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni takomillashtirish hamda ommalashtirish, yoshlarni chinakam vatanparvar qilib tarbiyalash, shuningdek, ularning jismoniy qobilyatlarini ro‘yobga chiqarishni nomoyon qiladi. 

Mazkur musobaqada, o‘g‘il bollar sportning "Mini futbol" va "Stol tennisi",  o‘quvchi qizlar esa "Voleybol" turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. 

Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilar Urganch harbiy prokurorining kubogi, faxriy yorlig‘i, darajali diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb