Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZMDA YANGI O‘ZBEKISTON UNIVERSITETI PROFESSORLARI ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI TASHKIL ETILDI 

11-mart 2025-yil
image

Tadbir davomida bugungi kun glaballashuv jarayoni va unda O‘zbekistonning tutgan o‘rni, shuningdek,  Yangi O‘zbekiston universiteti faoliyati va imkonyatlari yuzasidan  davra suhbati olib borildi.

 

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan hududlarda “Yangi O‘zbekiston” universitetining nufuzli xorijlik va mahalliy professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Mahorat darslari” tashkil etib kelinmoqda. 

Bugun, 11-mart kuni viloyatimizda ham “Yangi O‘zbekiston” universiteti akademik xodimlari dotsent M.Rehman hamda professor B. Eshchanovlar tomonidan  250 nafarga yaqin iqtidorli o’quvchilarga mahorat darslari o’tkazildi.

Tadbir davomida bugungi kun glaballashuv jarayoni va unda O‘zbekistonning tutgan o‘rni, shuningdek,  Yangi O‘zbekiston universiteti faoliyati va imkonyatlari yuzasidan  davra suhbati olib borildi.

Boshqarma boshlig’i X.Bektemirov so’zga chiqib, o’quvchi-yoshlarning xorijiy tillarni puxta egallashi kelajak hayotlari uchun muhim ahamiyat kasb etishi yuzasidan fikr bildirdi. 

Uchrashuv davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb