Yangiliklar
XORAZMDA “IXTIROCHILIKKA QADAM” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI
28-fevral 2025-yil
#Ixtirochilikka_qadam
#Xorazm
Iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Ixtirochilikka qadam” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.
Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tayotgan ushbu tanlovda tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘z loyihalari bilan ishtirok etishmoqda.
Tanlov 2 kun davom etadi, unda 45 nafar yosh ixtirochilarning ishtiroki rejalashtirilgan.