Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

BOSHQARMA BOSHLIG'INING NAVBATDAGI SAYYОR QABULI XIVA TUMANIDA BO'LIB O'TDI

17-fevral 2025-yil
image

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Xiva tumanidagi 8-sonli  umumiy o'rta ta'lim maktabi binosida bo'lib o'tdi.

 

Fuqarolar hamda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining tizimga doir murojaat, taklif va shikoyatlarini qabul qilish hamda joyida o‘rganib, bartaraf etish bo‘yicha joylarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari tashkil etilmoqda. 

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Xiva tumanidagi 8-sonli  umumiy o'rta ta'lim maktabi binosida bo'lib o'tdi.

Jonli va ochiq muloqot shaklida o'tgan sayyor qabulda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari hamda fuqarolarning maktablarda ta’mirlash ishlariga bo‘lgan talab, ta’lim muassasalariga ishga joylashish va boshqa yo‘nalishlardagi yigirmadan ortiq murojaat va takliflari qabul qilindi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb